SIGN IN YOUR ACCOUNT TO HAVE ACCESS TO DIFFERENT FEATURES

FORGOT YOUR PASSWORD?

FORGOT YOUR DETAILS?

AAH, WAIT, I REMEMBER NOW!
KUKALDOSH.UZ
  • LOGIN

KUKALDOSH.UZ

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
    • Madrasa tarixi
    • Rahbariyat
    • Yotoqxona
    • Axborot-resurs markazi
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
    • Qurʼon ilmlari
    • Aqida
    • Fiqh
    • Tafsir
    • Hadis
    • Arab tili
    • Yurtimiz allomalari
    • Islom tarixi
    • Raddiyalar
    • Axloq va tarbiya
    • Bagʼrikenglik va jamiyat
    • Elektron kitoblar
  • Taʼlim
    • 4 yillik öquv dasturi
    • Ilm talab qilish odoblari
  • Kurslar
    • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
    • Tayyorlov kursi
  • Qabul
    • Qabul tartibi
    • Kiriş imtihonlari 2027-2028
    • Ötiş ballari
    • Topşirganlar soni
    • Imtihon duolari
  • Boğlaniş
“Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasi”da “Milliy yuksalishning yangi Oʻzbekiston modeli” maxsus kurs darslari boshlandi
06.02.2026 / Bo‘limda Yangiliklar

“Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasi”da “Milliy yuksalishning yangi Oʻzbekiston modeli” maxsus kurs darslari boshlandi

▫️ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2025-yil 26-dekabr kuni Oliy Majlis va Oʻzbekiston xalqiga yoʻllagan Murojaatnomasida belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida 2026-yil 5-fevral kuni «Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasi»da “Milliy yuksalishning yangi Oʻzbekiston modeli” maxsus kurs darslari tashkil etildi.

🎙 Mazkur maxsus kurs boʻyicha dastlabki darsni taʼlim muassasasi mudiri, PhD Maʼmurjon Erkayev domla tomonidan “Mahalla infratuzilmasini yanada yaxshilash, ularga Yangi Oʻzbekiston qiyofasini olib kirish” mavzusida olib borildi. Mashgʻulot taʼlim muassasasining pedagoglar jamoasi va talabalar ishtirokida yuqori saviyada oʻtkazilib, unda Prezident Murojaatnomasida ilgari surilgan strategik gʻoyalar va ustuvor yoʻnalishlar chuqur va tizimli tarzda yoritildi.

“Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasi”da “Milliy yuksalishning yangi Oʻzbekiston modeli” maxsus kurs darslari boshlandi (1)
“Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasi”da “Milliy yuksalishning yangi Oʻzbekiston modeli” maxsus kurs darslari boshlandi (2)

📋 Maʼruzada mahalla instituti davlat siyosatining markazida ekani, “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi” gʻoyasining amaliy mazmuni atroflicha yoritildi. Yangi Oʻzbekiston qiyofasini bevosita mahallalarga olib kirish tashabbusining strategik ahamiyati taʼkidlandi.

🔹 Shuningdek, 2030-yilgacha barcha hududlardagi mahallalarda Yangi Oʻzbekiston qiyofasini shakllantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan saʼy-harakatlar, kompleks infratuzilma yondashuvi — yoʻl, ichimlik suvi, elektr taʼminoti va ijtimoiy obyektlarni rivojlantirish masalalari keng ochib berildi. Mahalla infratuzilmasini mustahkamlashda moliyaviy resurslar, byudjet mustaqilligi va mahallaning iqtisodiy faollik hamda bandlik markaziga aylanishi muhim yoʻnalish sifatida qayd etildi.

“Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasi”da “Milliy yuksalishning yangi Oʻzbekiston modeli” maxsus kurs darslari boshlandi (3)
“Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasi”da “Milliy yuksalishning yangi Oʻzbekiston modeli” maxsus kurs darslari boshlandi (4)

📌 Maʼruza davomida urbanizatsiya jarayonlari, “barqaror shahar — barqaror mahalla” konsepsiyasi, mahalla va ijtimoiy birdamlik masalalari ham batafsil tahlil qilindi. Ayniqsa, “Mahallalar avvalo mehr-oqibat, hamjihatlik, adolat va tarbiya maskaniga aylanishi kerak” degan tamoyilning mazmun-mohiyati alohida sharhlab berildi.

Mazkur maxsus kurs darslari Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot modelining mazmunini chuqur anglash, milliy yuksalish jarayonida pedagoglar va yoshlarning masʼuliyatini yanada oshirish hamda fuqarolik ongini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

©️ Abdurahmon Ismoilov
«Koʻkaldosh» OʻMIBY Oʻquv-uslubiy boʻlim uslubchisi

🔵 @kukaldoshuz – diniy-maʼrifiy kanal!
📲  Rasmiy sahifalarimiz:
taplink.cc/kukaldoshuz

What you can read next

Ражаб ойини ғанимат билинг
Ражаб ойини ғанимат билинг
Ягона фан олимпиадасининг таълим муассаса босқичи бўлиб ўтди.
Ягона фан олимпиадасининг таълим муассаса босқичи бўлиб ўтди.
Bilim yurti katta oʻqituvchisi “Jaholatga qarshi maʼrifat” tadbirida oʻz maʼruzasi bilan ishtirok etdi

СЎНГИ МАҚОЛАЛАР

  • Mustaqillik — uluğ ne’mat

  • Kitoblar bilan muomala qiliş odoblari va ularni qölga kiritişga tarğib

  • ILM AMAL BILAN KAMOLGA YETADI

  • Ustoz va şogirdga umumiy bölgan odoblar

  • Kökaldoş madrasasida Xalqaro bağrikenglik kuniga bağışlangan “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi

ҚИДИРУВ ХИЗМАТИ

БЎЛИМЛАР

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Taʼlim
  • Kurslar
  • Qabul
  • Boğlaniş

Тезкор ҳаволалар

  • Qabul tartibi
  • Kiriş imtihonlari 2027-2028
  • Ötiş ballari
  • Topşirganlar soni
  • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
  • Tayyorlov kursi
  • 4 yillik öquv dasturi
  • Imtihon duolari

АЛОҚА

Тошкент 100208, Чилонзор тумани, Гулистон кўчаси, 37/1

+998 94 988 23 43

info@kukaldosh.uz

ХАРИТА

KökaldoşKökaldoş

Yandex xarita →Google xarita →

© 2018 - 2026. kukaldosh.uz | Ўзбекистон Мусулмонлари идораси "Кўкалдош" ўрта махсус ислом билим юрти.
Барча хуқуқлар химояланган. Сайтдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт.
АОКА интернет-ОАВ гувоҳномаси рақами: 1221

TOP