SIGN IN YOUR ACCOUNT TO HAVE ACCESS TO DIFFERENT FEATURES

FORGOT YOUR PASSWORD?

FORGOT YOUR DETAILS?

AAH, WAIT, I REMEMBER NOW!
KUKALDOSH.UZ
  • LOGIN

KUKALDOSH.UZ

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
    • Madrasa tarixi
    • Rahbariyat
    • Yotoqxona
    • Axborot-resurs markazi
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
    • Qurʼon ilmlari
    • Aqida
    • Fiqh
    • Tafsir
    • Hadis
    • Arab tili
    • Yurtimiz allomalari
    • Islom tarixi
    • Raddiyalar
    • Axloq va tarbiya
    • Bagʼrikenglik va jamiyat
    • Elektron kitoblar
  • Taʼlim
    • 4 yillik öquv dasturi
    • Ilm talab qilish odoblari
  • Kurslar
    • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
    • Tayyorlov kursi
  • Qabul
    • Qabul tartibi
    • Kiriş imtihonlari 2027-2028
    • Ötiş ballari
    • Topşirganlar soni
    • Imtihon duolari
  • Boğlaniş
8-dekabr — Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi
04.12.2025 / Bo‘limda Yangiliklar

8-dekabr — Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi

Koʻkaldosh oʻrta maxsus Islom bilim yurtida 8-dekabr — Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan bayramona ruhdagi maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi. Mazkur tadbir mamlakatimizda huquqiy madaniyatni yuksaltirish, yoshlarning Konstitutsiyamizga hurmati va sadoqatini mustahkamlash, ularning yurt taqdiriga daxldorlik tuygʻusini kuchaytirishga qaratildi.

8-dekabr — Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi (1)
8-dekabr — Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi (2)
8-dekabr — Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi (3)

Tadbir “Konstitutsiya — inson manfaatlari kafolati” mavzusida tashkil etilib, unda bilim yurti talabalari, oʻqituvchi-ustozlar hamda maxsus mehmon – Toshkent davlat yuridik universiteti Xususiy huquq fakulteti xodimi Mamatmurodov Farrux Farxod oʻgʻli ishtirok etdi.

Uchrashuvni bilim yurti maʼnaviy va maʼrifiy ishlar boʻyicha mudir oʻrinbosari A. Gʻaniyev kirish soʻzi bilan ochib berdi. Oʻz nutqida u Konstitutsiyaning qabul qilinishi Oʻzbekiston tarixida yangi davrni boshlab bergani, undagi har bir modda xalqning huquq va erkinliklarini himoya qilishga qaratilganini taʼkidladi. Shuningdek, bugungi tadbirning mazmun-mohiyatini yoritib, yoshlarni Konstitutsiyadan chuqur bilim olishga, huquqiy savodxonlikni oshirishga undadi.

8-dekabr — Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi (4)
8-dekabr — Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi (5)
8-dekabr — Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi (6)

Shundan soʻng soʻz navbati tadbir mehmoni Mamatmurodov Farruxga berildi. U oʻz maʼruzasida Konstitutsiyaning jamiyat hayotidagi oʻrni, unda belgilangan asosiy prinsiplar, fuqarolarning huquq va majburiyatlari, shuningdek, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan huquqiy islohotlar haqida keng qamrovli maʼlumotlar berdi.

Mehmon oʻz nutqida shunday fikrlarni taʼkidladi:
“Konstitutsiya — bu nafaqat yuridik hujjat, balki xalqimizning orzusi, irodasi va kelajakka boʻlgan ishonchining timsolidir. Har bir yosh bu hujjatni bilishi, unga amal qilishi va uni himoya qilishi — yurtimiz taraqqiyoti uchun muhim omildir.”

8-dekabr — Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi (7)

Tadbir davomida talabalar Konstitutsiya boʻyicha oʻzlarini qiziqtirgan savollarini berishdi, davra suhbati ruhida faol fikr almashinuvi boʻlib oʻtdi. Uchrashuv yoshlarda Vatanga muhabbat, qonunlarga hurmat, fuqarolik masʼuliyatini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.


🖋 Saidakramov Saidazimxon
“Koʻkaldosh” OʻMIBY Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi uslubchisi

What you can read next

Mahalla – hayot maktabi: “Koʻkaldosh” bitiruvchilari dual taʼlim amaliyotida mahalla faoliyati bilan yaqindan tanishdi
Mahalla – hayot maktabi: “Koʻkaldosh” bitiruvchilari dual taʼlim amaliyotida mahalla faoliyati bilan yaqindan tanishdi
Суннатнинг тарқалишида элчилик алоқаларининг аҳамияти
Салафи солиҳларнинг ёшларга васиятларидан
2017-2018 ўқув йилининг биринчи ярим йиллик якунига бағишланган йиғилиш.
2017-2018 ўқув йилининг биринчи ярим йиллик якунига бағишланган йиғилиш.

СЎНГИ МАҚОЛАЛАР

  • Mustaqillik — uluğ ne’mat

  • Kitoblar bilan muomala qiliş odoblari va ularni qölga kiritişga tarğib

  • ILM AMAL BILAN KAMOLGA YETADI

  • Ustoz va şogirdga umumiy bölgan odoblar

  • Kökaldoş madrasasida Xalqaro bağrikenglik kuniga bağışlangan “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi

ҚИДИРУВ ХИЗМАТИ

БЎЛИМЛАР

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Taʼlim
  • Kurslar
  • Qabul
  • Boğlaniş

Тезкор ҳаволалар

  • Qabul tartibi
  • Kiriş imtihonlari 2027-2028
  • Ötiş ballari
  • Topşirganlar soni
  • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
  • Tayyorlov kursi
  • 4 yillik öquv dasturi
  • Imtihon duolari

АЛОҚА

Тошкент 100208, Чилонзор тумани, Гулистон кўчаси, 37/1

+998 94 988 23 43

info@kukaldosh.uz

ХАРИТА

KökaldoşKökaldoş

Yandex xarita →Google xarita →

© 2018 - 2026. kukaldosh.uz | Ўзбекистон Мусулмонлари идораси "Кўкалдош" ўрта махсус ислом билим юрти.
Барча хуқуқлар химояланган. Сайтдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт.
АОКА интернет-ОАВ гувоҳномаси рақами: 1221

TOP