



“QURʼONI KARIM VA TAJVID” KURSINING 77-DAVRA MAŞĞULOTLARI BOŞLANDI
Özbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi “Kökaldoş” örta maxsus islom taʼlim muassasasi qoşida faoliyat yuritib kelayotgan “Qurʼoni karim va tajvid” öquv kursining 77-davra maşğulotlari 2026-yil 2-noyabr kuni öz işini boşladi.
Mamlakatimizda diniy-maʼrifiy sohaga qaratilayotgan doimiy eʼtibor, aholining diniy savodxonligini oşiriş yölida yaratilayotgan keng imkoniyatlar Kalomullohni töğri va gözal tilovat qilişni örganişni istovçilar uçun mustahkam zamin bölmoqda. Bu kursga bölgan qiziqişning yildan yilga ortib borayotganida ham yaqqol körinadi.
Yangi öquv davri munosabati bilan taşkiliy yiğiliş bölib ötdi. Unda taʼlim muassasasi direktori M.Erkayev, öquv kurslari bölimi xodimi Ş.Sulaymonov hamda “Qurʼoni karim va tajvid” kursi öqituvçisi M.Jalolxonov iştirok etdi.
Yiğilişda sözga çiqqan taʼlim muassasasi direktor M.Erkayev tinglovçilarni yangi öquv davri bilan samimiy muborakbod etdi. U Qurʼoni karimni örganiş eng şarafli amallardan biri ekani, bu yölda ixlos, sabr va izçillik eng asosiy omil bölişini alohida taʼkidladi. Şuningdek, diniy bilimni faqat rasmiy faoliyat yuritayotgan taʼlim muassasalarida, malakali ustozlardan oliş muhimligi, yurtimizdagi tinçlik va ilm oliş uçun yaratilgan şaroitlarning qadriga yetiş har bir tinglovçining burçi ekaniga eʼtibor qaratdi. Sözining yakunida darslarga muntazam qatnaşiş, ustozlar körsatmalariga amal qiliş va içki tartib-qoidalarga oğişmay rioya etiş ilmda muvaffaqiyat garovi ekanini qayd etdi.
Alloh taolo tinglovçilarimizning ilm yölidagi saʼy-harakatlarini barakali qilsin, Kalomullohni örganişlarini oson etsin, yurtimizni tinç, xalqimizni omon qilsin!
“Kökaldoş” örta maxsus islom taʼlim muassasasi
Öquv kurslari bölimi






