SIGN IN YOUR ACCOUNT TO HAVE ACCESS TO DIFFERENT FEATURES

FORGOT YOUR PASSWORD?

FORGOT YOUR DETAILS?

AAH, WAIT, I REMEMBER NOW!
KUKALDOSH.UZ
  • LOGIN

KUKALDOSH.UZ

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
    • Madrasa tarixi
    • Rahbariyat
    • Yotoqxona
    • Axborot-resurs markazi
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
    • Qurʼon ilmlari
    • Aqida
    • Fiqh
    • Tafsir
    • Hadis
    • Arab tili
    • Yurtimiz allomalari
    • Islom tarixi
    • Raddiyalar
    • Axloq va tarbiya
    • Bagʼrikenglik va jamiyat
    • Elektron kitoblar
  • Taʼlim
    • 4 yillik öquv dasturi
    • Ilm talab qilish odoblari
  • Kurslar
    • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
    • Tayyorlov kursi
  • Qabul
    • Qabul tartibi
    • Kiriş imtihonlari 2027-2028
    • Ötiş ballari
    • Topşirganlar soni
    • Imtihon duolari
  • Boğlaniş
Ustozga ehtirom
02.10.2026 / Bo‘limda Axloq va tarbiya, Maqolalar

Ustozga ehtirom

Bugungi kunda dunyoda valyuta kursi har kuni oʻzgaradi. Ustozning “kursi” esa faqat bir marta – u yonimizda boʻlmay qolgan kuni yoki uning gapini oʻz ogʻzimizdan eshitgan kunimiz eʼlon qilinadi. Har bir ustoz – oʻziga xos uslub egasi. Ustozning qadri goʻyoki kechikib ochiladigan narxdir. Qurʼoni Karim bu haqiqatni Muso alayhissalom bilan Xizr alayhissalom qissasida nozik va goʻzal tarzda bayon qilgan.
Uch marta buzilgan shart
Alloh taolo bilan soʻzlashgan paygʻambar Muso alayhissalom rahmat va ilm ato etilgan bir banda haqida eshitib, undan ilm oʻrganish uchun yoʻlga chiqdilar. Shart qoʻyildi: hech narsa haqida soʻramaslik kerak. Kema teshildi, bola oʻldirildi, devor haq olinmay tiklandi. Muso alayhissalom uch marta ham chiday olmadilar va har gal savol bilan yuzlandilar… (Kahf surasi, 60-82-oyatlar).
Qissaning asosiy nuqtasi shartning buzilishi emas, balki ajralish lahzasidir. Xizr alayhissalom aynan oʻshanda uch voqeaning taʼvilini, yaʼni ortidagi maʼnoni aytib berdilar. Bu qissada ustoz oʻz ishini oldindan izohlamaydi, shogird esa norozi kayfiyatda qoladi. Demak, taʼlim baʼzan tushuntirilmagan harakatdan boshlanadi, uning mazmuni esa keyinroq ochiladi.
Ha, har bir ustoz – oʻziga xos uslub egasi. Gohida ustozlarimizning bizga yuklagan eng qattiq topshirigʻi, nazarimizda “mantiqsiz” koʻringan talabi yoki bizni chetlab oʻtgan sukuti ham yillar oʻtib maʼno va mazmun kasb etadi.
Tarixga bir nazar tashlang. Unda faqat savol berish orqali taʼlim bergan ustozni ham koʻrasiz.
Bir kuni Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam sahobalar davrasida oʻtirganlarida notanish bir kishi paydo boʻldi. Kiyimi oppoq, sochi qop-qora edi, uni hech kim tanimasdi. U bir necha savol berdi, javoblarga “Toʻgʻri aytdingiz” dedi va ketdi. Soʻng Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Bu Jabroil edi, sizlarga dinlaringizni oʻrgatgani keldi”, dedilar (Imom Muslim rivoyati, 8).
Bu darsda “oʻqituvchi” birorta ham javob bermadi – butun taʼlim savoldan iborat boʻldi, xolos. Baʼzi ustozlarimiz ham shunday boʻlgan: ular bizga javob emas, toʻgʻri savol qoldirgan. Ularning ismini baʼzan eslay olmasak ham, savollari hamon ichimizdan bizni harakatga keltirib turadi.
Ibn Abbos roziyallohu anhumo hali bola edilar. Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam ularni bagʻirlariga bosib: “Allohim, unga Kitobni oʻrgat”, deb duo qildilar (Imom Buxoriy rivoyati, 75). Keyinchalik Ibn Abbos “Qurʼon tarjimoni” nomi bilan mashhur boʻldilar.
Ustozning eng noyob ishlaridan yana biri – shogirdining bugungi holiga emas, kelajagiga qarab duo qilishidir. Ustozlar orasida shogirdida hali roʻyobga chiqmagan odamni koʻrib, uning haqqiga duo qilganlar ham bor. Biz buni bilmaymiz, lekin yoʻlimizdagi koʻp eshiklar aynan shu duolar tufayli ochilgandir.
Taʼsir jihatidan ustoz kitobdan kuchliroq, chunki kitob faqat gapiradi, ustoz esa yashab koʻrsatadi. Shogird ustozidan maʼlumotdan koʻra koʻproq narsani – ohangni, tanaffusni, eʼtirozga munosabatni, xatoni tan olish odatini ham koʻchirib oladi. Shuning uchun yaxshi ustoz topish – ilm yoʻlining birinchi imtihoni.

Ustoz haqqini toʻla ado etib boʻlmaydi. Lekin bu haqni qaytarishning uch yoʻli bor.

  • Duo. Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam: “Inson vafot etsa, amali uziladi, faqat uch narsa qoladi: sadaqai joriya, foydalaniladigan ilm va unga duo qiladigan solih farzand”, deganlar (Imom Muslim rivoyati, 1631). Ustozning ilmi shogirdda davom etsa, u ustoz uchun uzilmas sadaqai joriya va foydali ilm boʻlib qoladi. Shogird zimmasida esa bitta ish – ustozini duo bilan yodga olib turish qoladi.
  • Yetkazish. Hadisi sharifda: “Sizlarning eng yaxshingiz Qurʼonni oʻrganib, oʻrgatganingizdir”, deyilgan (Imom Buxoriy rivoyati, 5027). Shunga koʻra, ustozga eng yaxshi toʻlov – shogirdning oʻzi ustoz boʻlishidir. Bu har bir ustoz shogirdlaridan kutadigan eng buyuk ishdir.
  • Bilimni yashatish. Ilm amalga aylanmasa, ustoz sarflagan umr shunchaki maʼlumot boʻlib qoladi. Bunday ilm ikki tarafga ham foyda bermaydi. Shuning uchun ilmni yashatish, toʻgʻrirogʻi, u bilan yashash kerak. Shundagina berilgan ilm foydali ilm darajasiga koʻtariladi.

Bugun ortga nazar tashlasak, erishgan har bir katta-kichik muvaffaqiyatimiz, toʻgʻri qoʻyilgan har bir qadamimiz ildizida qaysidir ustozimizning charchagan, ammo mehribon nigohi, vaqtida berilgan toʻgʻri maslahati, hatto oʻrnida aytilgan tanqidi yotganini anglaymiz.
Ustozga ehtirom koʻrsatish – shunchaki yillik bayramlarda gul tutish emas. Ustozga haqiqiy hurmat – u ekkan maʼrifat urugʻlarini hosilga kiritish, insonlarga manfaat keltirish va u oʻrgatgan odob-axloq mezonlarini kelajak avlodga sof holda yetkazishdir. Qadri baland ustozlarimiz bor ekan, jamiyatimizda maʼnaviyat chirogʻi hech qachon soʻnmaydi.
Alloh taolo oʻz Rasuliga faqat bir narsaning ziyoda boʻlishini soʻrashni buyurgan: “Robbim, ilmimni ziyoda qil” (Toha surasi, 114-oyat). Ulamolar bunga alohida eʼtibor qaratganlar. Agar ilm shu qadar qadrli boʻlsa, uni bergan ustozlarimizning qadri undan kam boʻlishi mumkin emas.
Ustozlarimiz qadrini koʻpincha ularning yonida emas, ularning gapini birinchi marta oʻzimiz takrorlaganimizda anglaymiz. Ustoz haqidagi eng chin soʻz baʼzan ustozning oʻzi yoʻq paytda aytiladi – u ham boʻlsa duo bilan. Allohim, ustozlarimizdan Oʻzing rozi boʻlgin, ularni ikki dunyoda aziz va mukarram qilgin. Omin!

Muhammadjon domla Begimov
“Koʻkaldosh” oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasi oʻqituvchisi

What you can read next

“ЖУМА МАЪРУЗАСИГА ТАЙЁРГАРЛИК КЎРИШ ВА МАВЗУНИ ТИЗИМЛИ ЁРИТИБ БЕРИШ МАСЪУЛИЯТИ” МАВЗУСИДА ДАВРА СУҲБАТИ ЎТКАЗИЛДИ.
“Жума маърузасига тайёргарлик кўриш ва мавзуни тизимли ёритиб бериш масъулияти” мавзусида давра суҳбати ўтказилди.
Нусайрия фирқаси
Нусайрия фирқаси
Орзу-умидлар уйғотувчи хушхабар.
Исломда қасам тушунчаси

СЎНГИ МАҚОЛАЛАР

  • Mustaqillik — uluğ ne’mat

  • Kitoblar bilan muomala qiliş odoblari va ularni qölga kiritişga tarğib

  • ILM AMAL BILAN KAMOLGA YETADI

  • Ustoz va şogirdga umumiy bölgan odoblar

  • Kökaldoş madrasasida Xalqaro bağrikenglik kuniga bağışlangan “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi

ҚИДИРУВ ХИЗМАТИ

БЎЛИМЛАР

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Taʼlim
  • Kurslar
  • Qabul
  • Boğlaniş

Тезкор ҳаволалар

  • Qabul tartibi
  • Kiriş imtihonlari 2027-2028
  • Ötiş ballari
  • Topşirganlar soni
  • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
  • Tayyorlov kursi
  • 4 yillik öquv dasturi
  • Imtihon duolari

АЛОҚА

Тошкент 100208, Чилонзор тумани, Гулистон кўчаси, 37/1

+998 94 988 23 43

info@kukaldosh.uz

ХАРИТА

KökaldoşKökaldoş

Yandex xarita →Google xarita →

© 2018 - 2026. kukaldosh.uz | Ўзбекистон Мусулмонлари идораси "Кўкалдош" ўрта махсус ислом билим юрти.
Барча хуқуқлар химояланган. Сайтдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт.
АОКА интернет-ОАВ гувоҳномаси рақами: 1221

TOP