SIGN IN YOUR ACCOUNT TO HAVE ACCESS TO DIFFERENT FEATURES

FORGOT YOUR PASSWORD?

FORGOT YOUR DETAILS?

AAH, WAIT, I REMEMBER NOW!
KUKALDOSH.UZ
  • LOGIN

KUKALDOSH.UZ

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
    • Madrasa tarixi
    • Rahbariyat
    • Yotoqxona
    • Axborot-resurs markazi
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
    • Qurʼon ilmlari
    • Aqida
    • Fiqh
    • Tafsir
    • Hadis
    • Arab tili
    • Yurtimiz allomalari
    • Islom tarixi
    • Raddiyalar
    • Axloq va tarbiya
    • Bagʼrikenglik va jamiyat
    • Elektron kitoblar
  • Taʼlim
    • 4 yillik öquv dasturi
    • Ilm talab qilish odoblari
  • Kurslar
    • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
    • Tayyorlov kursi
  • Qabul
    • Qabul tartibi
    • Kiriş imtihonlari 2027-2028
    • Ötiş ballari
    • Topşirganlar soni
    • Imtihon duolari
  • Boğlaniş
Никоҳда эрнинг ҳуқуқлари
02.05.2025 / Bo‘limda Fiqh, Maqolalar

Nikohda erning huquqlari (3-qism)

«Erning xotinidagi shubhasini uygʻotadigan narsalardan biri — er yoʻqligida uning yomon koʻradigan kishisini uyga qabul qilishi boʻlib, xotin agar eri bilan oʻrtasidagi muhabbat va doʻstlikni saqlab qolishni istasa, bunday holatdan yiroq boʻlishi va undan nihoyatda ehtiyot boʻlishi lozim.»

Ayolning eriga boʻlgan itoatidan biri shuki, u uy ishlarini bajaradi va erining uyda dam olishini taʼminlashga harakat qiladi. Masalan, uning ovqatini tayyorlaydi, kiyimlarini yuvadi, ashyolarini tartiblaydi va boshqa uy ishlarini qiladi. Chunki erkak uydan tashqarida ishlash va rizq topish bilan masʼul, ayol esa uy ichidagi ishlar bilan shugʻullanishga masʼuldir. Shu tarzda er-xotin bir-birini toʻldirib, hayotlarini tartibga solishadi, aks holda oʻzaro muammo yuzaga keladi. Paygʻambar sollallhu alayhi vasallam ham xotinlariga oʻzlariga xizmat qilishni buyurganlar. Hadislarda ham koʻp bora shunday deyilgan: “Ey Oisha, bizga suv ichirgin, Ey Oisha, bizni ovqatlantirgin, Ey Oisha, pichoqni olib kelgin va toshda charxlagin”

Moʼmin ayollarining eng afzali boʻlgan hazrat Fotima roziyallohu anho ham uy ishlarini oʻzi bajarardi. U bugʻdoyni ogʻir qoʻl tegirmonda oʻzi maydalab, buning taʼsiridan qoʻllari ezilib ketardi. Bir kuni u bu holatdan nolib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan bir xizmatkor soʻradi. Shunda Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam unga dedilar: “Senga xizmatkordan koʻra yaxshiroq narsani aytaymi? Har kecha yotganingda 33 marta “Subhanalloh”, 33 marta “Alhamdulillah” va 34 marta “Allohu Akbar» deb ayt.”

Hazrat Asmo binti Abu Bakr Siddiq roziyallohu anho, yaʼni Zubayr ibn Avvomning ayollari, uy ishlaridan tashqari erining otiga qarash, suv tashiydigan tuyasiga xizmat qilish va shahardan tashqaridan uyiga urugʻ(xurmo danaklari) tashib kelish kabi ishlarni ham oʻzi qilardi. U zot roziyallohu anho aytadilar: “Zubayr menga uylanganida uning yerida hech narsasi yoʻq edi — na moli, na quli yonida, faqat bir otidan boshqa. Men uning otini boqardim, yemini tayyorlab berardim, unga qarardim, xurmo danaklarini tuyasiga maydalab berardim, suv tashirdim, katta chelakni yamab tuzardim va xamir qorardim». Zubayrga Rasululloh ﷺ ajratib bergan yeridan urugʻ (xurmo danagini) boshimda koʻtarib olib kelardim, u yer uyimizdan uchdan ikki farsax (taxminan 2-3 km) masofada edi.

Baʼzi fiqh olimlarining nazarida ayol kishiga uy ishlarini bajarish vojib emas. Agar u bu ishlarni qilishdan bosh tortsa, majburlanmaydi. Chunki ularning qarashicha, nikoh shartnomasi ayolga ish majburiyatini yuklamaydi. Bu kelishuv orqali faqat erning ayol bilan halol yaqinlik qilish huquqi taʼminlanadi, undan boshqa narsa ayol zimmasiga yuklatilmaydi

Ammo nikohni faqat er-xotin oʻrtasidagi toʻshak munosabat bilangina cheklab qoʻyish va ayolni uy ishlarini bajarishga majbur qilmaslik — bu oilaviy hayotning maʼnosiga, er-xotin oʻrtasidagi hamkorlik, mehr va muhabbatning mohiyatiga zid keladi. Alloh taoloning ushbu soʻzi: “Uning (Allohning) alomatlaridandirki, sizlar uchun oʻzlaringizdan juftlar yaratdi — toki ular bilan taskin topasizlar. Va orangizga muhabbat va rahm-shafqat joylashtirdi” (Rum surasi, 21-oyat). Shunday ekan, agar er-xotin oʻrtasida hamkorlik boʻlmasa, ayol eriga xizmat qilmasa va uy ishlariga gʻamxoʻrlik qilmasa, qanday qilib ular oʻrtasida mehr-oqibat paydo boʻladi?»

Ha, ayol kishi uydan tashqaridagi ishlarga, masalan, erining hayvonlarini sugʻorish yoki hosilini yigʻib olish kabi ishlar bilan shugʻullanishga majbur emas. Koʻplab musulmon qishloq jamoalarida ayollar bu kabi ishlarni bajarishadi, ammo bu ularning oʻz ixtiyori bilan, ixtiyoriy ravishda qilinadigan ishdir — shariat boʻyicha ular bunga majbur emaslar. Bunday ishlarga faqat bir holatda cheklov qoʻyiladi: agar bu ishlar ularning begona erkaklar bilan aralashib yurishiga olib keladigan boʻlsa”.

Erining uyi va mol-mulkini asrash.

         Bu — ayolning eri oldidagi ikkinchi haqi hisoblanadi. Ayolning eri yoʻqligida uning uyini va mol-mulkini asrashi tabiiy bir vazifadir. U Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytganlaridek, erining uyida “masʼul va qoʻriqchidir” va oʻzi boshqarayotgan narsalar uchun javobgardir. Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam “Har biringiz masʼulsiz va har biringiz qoʻriqlayotgan narsasi uchun javobgarsiz”, degan hadislarida shunday deganlar: “Ayol erining uyida qoʻriqchidir va boshqaruvida boʻlgan narsalari uchun masʼuldur”.

        Alloh taolo esa solih (yaxshi) ayollarni tasvirlab shunday deydi:

“Yaxshi ayollar itoatlidirlar va Alloh (ularni) qanday asragan boʻlsa, ular ham erlari yoʻqligida (uylarini, obroʻlarini) shunday asraydilar”.

(Niso surasi, 34-oyat)

Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam Quraysh ayollarini bu sifatlar bilan maqtaganlar. Ular haqidagi hadisda: “Quraysh ayollari — eng yaxshi tuyoqqa minadigan ayollardir. Ular, kichkinaligidan erining bolalariga eng mehribon, oʻz erlariga esa eng gʻamxoʻrdirlar” deganlar.

        Ulamolar aytadilar: «Ayol oʻz erining molidan faqat uning ruxsati bilan sadaqa bermasligi kerak, shuningdek, undan nimanidir sovgʻa qilish ham faqat uning roziligi bilan boʻlishi lozim.»

Davomi bor…

Mirzaev Kamoliddin.

Manba: Mahmud Tohmaz “Fiqhul hanafiy fiy savbihil jadid” kitobdan

What you can read next

ZULMATDAN NURGACHA (3 qism) Sahro bagʻridagi baraka
Zulmatdan nurgacha (3-qism) Sahro bagʻridagi baraka
Nafs tarbiyasi va ichki muvozanat: Xudbinlikdan maʼnaviy yetukliksari
Маҳалла масжидида такроран жамоат қилишнинг макруҳлиги
Маҳалла масжидида такроран жамоат қилишнинг макруҳлиги

СЎНГИ МАҚОЛАЛАР

  • Mustaqillik — uluğ ne’mat

  • Kitoblar bilan muomala qiliş odoblari va ularni qölga kiritişga tarğib

  • ILM AMAL BILAN KAMOLGA YETADI

  • Ustoz va şogirdga umumiy bölgan odoblar

  • Kökaldoş madrasasida Xalqaro bağrikenglik kuniga bağışlangan “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi

ҚИДИРУВ ХИЗМАТИ

БЎЛИМЛАР

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Taʼlim
  • Kurslar
  • Qabul
  • Boğlaniş

Тезкор ҳаволалар

  • Qabul tartibi
  • Kiriş imtihonlari 2027-2028
  • Ötiş ballari
  • Topşirganlar soni
  • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
  • Tayyorlov kursi
  • 4 yillik öquv dasturi
  • Imtihon duolari

АЛОҚА

Тошкент 100208, Чилонзор тумани, Гулистон кўчаси, 37/1

+998 94 988 23 43

info@kukaldosh.uz

ХАРИТА

KökaldoşKökaldoş

Yandex xarita →Google xarita →

© 2018 - 2026. kukaldosh.uz | Ўзбекистон Мусулмонлари идораси "Кўкалдош" ўрта махсус ислом билим юрти.
Барча хуқуқлар химояланган. Сайтдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт.
АОКА интернет-ОАВ гувоҳномаси рақами: 1221

TOP