Mana keldi har yilgidek ơsha kunlar
Ta’riflarda keltirildi minglab so’zlar
Siyratingiz tasvirlolmas hech bir qalam
Rosululloh sizni bir bor tushda ko’rsam
Qalbda muhr bo’lar edi visolingiz
Sog’indi-ku sizni eslab ummatingiz
Etkazardim barchamizdan sizga salom
Rosululloh sizni bir bor tushda ko’rsam
Vasfingizni keltirolmay ojiz kalom
Titroq bosib har misrada butun tanam
Rozi edim ruhim chiqsa yo’q hech jafo
Tutib sizni qo’lingizdan Ey Mustafo
Aytar edim bu dunyoda ko’rganlarim
Men bilaman to’ymas edi bu ko’zlarim
Qalb to’ridan joy oldingiz chin so’zlarim
Dilim orom topsin endi Ey Sayyidim
«Ko’kaldosh» o’rta maxsus islom bilim yurti
talabasi Umarov Tal’at